Kostya Gorskiyning “Dizaynerlarni qanday boshqarish kerak” nomli kursini tugatdim. Kursda dizayn lider kimligi va uning vazifalari, dizayn jamoa va dizayn jarayonlarini qanday tashkillashtirilishi va ularni boshqarish haqida, Yandeks va Intercom kompaniyalaridagi jarayonlar asosida tajriba boʻlishilgan.
Fitss qonuni dizayndagi eng muhim qonunlardan biri. Bu qonun interfeys yaratishda qatnashadigan barcha uchun foydali.
Dizayndagi yana bir foydali qonun bilan tanishamiz.
Hik qonunining dizayndagi ahamiyatini oʻrganamiz.
Serif va Sans-serif shriftlarini farqlashga qiynaladiganlar uchun kichik qoʻllanma.
Yaqinlik teoriyasi haqida ma’lumotga ega boʻlamiz. Bu teoriyani har bir dizaynda qoʻllashni unutmang.
Dizaynerlar bilishi muhim boʻlgan rang terminlarini misollar bilan keltirib oʻtaman.
12 yoshimdan muntazam kunlik yugurishlarga chiqardim. Nihoyat 5-6 yillik tanaffusdan keyin mashgʻulotlarni yana yoʻlga qoʻydim va Samarkand Half Marathon dasturida qatnashib, 10 kilometr masofaga yugurdim.
Chat — ikki va undan ortiq kishi orasida, bir vaqtda qilinadigan muloqot. Suhbatdoshdan zudlik bilan javob olishda, elektron pochtadan ko‘ra chat ishlatgan afzal.
Koronavirus (COVID-19) tarqalishi ortidan, Apple, Google, Twitter va Amazon kabi yirik kompaniyalar o‘z xodimlari uchun masofadan ishlash dasturini ishlab chiqishdi. Shu paytgacha Basecamp masofadan ishlash tizimini joriy qilgan kompaniyalardan biriligini bilardim.
Turli saytlar va reklama bannerlarida fotoga matn joylash trendga aylangan. Bunday holatda, matn o‘qishga qulay bo‘lishi kerak. O‘znetdagi turli saytlardan yomon misollarni keltiraman va ularni yaxshilash yo‘llarini yozaman.
Yaqinlik teoriyasi dizayndagi eng muhim bo‘lgan teoriyalardan biri boʻlib, obyektlar orasidagi masofa ularni o‘zaro bog‘laydi yoki bir-biridan ajratadi.
Yil soʻngida sarhisob qilish yaxshi odat. Nimalarni oʻrganganim, qanday natijalarga erishganimni bilib turaman.
Material dizayn oxirgi versiyasida Google yana matn maydoni shaklini to‘g‘ri chiziqdan odatdagi shaklga o‘zgartirgan edi. 2014-yilgacha barcha Google mahsulotlarida matn kiritadigan maydon quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan.
Matn yozish — dizaynning bir qismi. Dizaynerlar har doim mavzudan kelib chiqqan holda matn yozishi kerak. Yaxshi dizayner yaxshi matn yoza olishi shart.
Dizayn birinchi navbatda muammoga yaxshi yechim bo‘lishi kerak. Muammoni yechish uchun, eng avvalo u aniqlab olinadi. Buning uchun muammo egasi – mijoz eshitiladi va unga savollar beriladi.
Odatda foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqishda undagi qadamlarni kamaytirish tavsiya qilinadi. Ba’zi holatlarda esa, interfeyssiz muammoni hal qilish mumkin.
Rus alifbosida “Й” harfi bor, “Ӣ” harfi yo‘q.
“Ӣ” harfi tojik alifbosida mavjud bo‘lib, “i-i zadanok”, deb nomlanadi.
Toshkent shahrining ba’zi joylarida binolarning eski va yangi ko‘rinishini solishtirish uchun plakatlar qo‘yishgan. Quyida ulardan birini keltiraman (hammasi deyarli bir xil bo‘lgani uchun, faqat bir dona misol keltirdim).
Inha Universitetida oʻtkazilgan dasturda dizayn boʻyicha tajribalarimni boʻlishdim. Katta auditoriya oldida chiqib, gapirish boʻyicha tajriba yoʻqligi uchun biroz hayajonli kechdi.
Marmardan ishlangan zinapoyalarni yoqtirmayman. Ayniqsa, ochiq joylarda. Yomg‘ir va qorli ob-havoda ular ustida yurish xavfli. Sirpanib, yiqilib tushish ehtimoli yuqori.
Kitob oʻqish uchun vaqt topishda tajribalar oʻtqizganim va har kuni kitob oʻqishni yoʻlga qoʻyganim haqida.
Fotograf Peter Steinhauer Singapurga qilgan sayohati davomida ajoyib foto kolleksiya tayyorlaydi. Kolleksiyada binolar geometriyasi, simmetriyasi, rang-barangligi va eng asosiysi, bino raqamlariga alohida e’tibor beradi.
Toshkentdagi bino va turar joylar raqamlari yozilgan peshlavhalar (tablichka) uchun umumiy yo‘riqnoma yo‘q. Raqamlashda turli joylarda turlicha tasvirlangan.