Avvalgi va keyingi holatlarni taqqoslash

Toshkent shahrining ba’zi joylarida binolarning eski va yangi ko‘rinishini solishtirish uchun plakatlar qo‘yishgan. Quyida ulardan birini keltiraman (hammasi deyarli bir xil bo‘lgani uchun, faqat bir dona misol keltirdim).

Qolgan plakatlarni Письма о Ташкенте saytida ko‘rishingiz mumkin.

Ushbu plakatlarda quyidagi kamchiliklar bor:

  1. Dizayner yangi holatga ko‘proq urg‘u berish maqsadida, uni kattaroq qilib ko‘rsatgan. Eski va yangi holat har doim bir xil bo‘lishi kerak.
  2. Agar taqqoslash bir qatorda joylashsa, avvalgi eski holat har doim chap tarafda, yangi holat esa, o‘ng tarafda bo‘lgani ma’qul.
  3. Bir xil rakursdagi fotolar ishlatilmagan. Taqqoslash yaqqol chiqishi uchun, fotolar bir xil rakursdan olinishi kerak. Bir xil rakursdan olishning iloji bo‘lmasa, o‘xshashroq foto ishlatilishi kerak.
  4. “Bugungi holat” yozuvi eski holat maydonida turgani uchun ajratib olish qiyinchilik tug‘diradi.

  5. Orqa fondagi naqshlar va shakllar — ortiqcha detal.
  6. “Bugungi holat” va “Avvalgi holat” yozuvlari o‘rniga yillar yozilsa, informativroq bo‘ladi.

Taxminan mana bunday:


Telegram