Bino va turar joylar peshlavhalaridagi kamchiliklar

Toshkentdagi bino va turar joylar raqamlari yozilgan peshlavhalar (tablichka) uchun umumiy yo‘riqnoma yo‘q. Raqamlashda turli joylarda turlicha tasvirlangan.

 

Ba’zi joylarda ko‘cha nomi va uy raqami birga yozilgan.

 

Ba’zi joylarda peshlavha qo‘yilmagan, odamlar esa uy raqamini oddiygina qilib qo‘lda yozib qo‘yishgan. Shubhasiz muallif—dizayner, chunki u muammoni eng oddiy yo‘l bilan, tezda yecha olgan.

 

Uy raqami va joy nomi alohida yozilgan holat:

Yuqoridagi yechimni yaxshi yechim deyishimiz mumkin, chunki joy va ko‘cha nomlari alohida yozilsa, joy va ko‘cha nomi uzun bo‘lgan holatda ham bemalol peshlavhaga joylashadi.

 

Quyidagi peshlavha yangi qurilgan ko‘p qavatli uy va binolarda eng ko‘p qo‘llanilgan va eng oxirgi versiya ekan:

Eng asosiy kamchiliklaridan biri, uy raqami va ko‘cha nomi birga yozilgan va kichik maydonda siqilib qolgan, shuning uchun o‘qish noqulay. Joy nomi va bino raqami alohida yozilsa, o‘qish uchun qulay va joy nomlari uzun bo‘lganda bemalol tasvirlash mumkin. Ularni bitta peshlavhada tasvirlash uchun gorizontal holatda tasvirlash va buning uchun joy nomi qisqa bo‘lgani ma’qul.

Umumiy yo‘riqnoma nima uchun kerak?

Yo‘riqnomada qanday rang, shrift, o‘lchamlar, binoning qaysi tarafiga qanday holatda joylashtirish yoziladi va xilma-xillik bo‘lmaydi.
Umumiy ko‘rinish odam uchun kerakli ko‘cha nomi yoki uy raqamini tezda topish imkoniyatini oshiradi.

 

Namuna

Artemiy Lebedev studiyasi Moskva uchun peshlavhalar dizaynini taqdim qildi. E’tibor bering, ko‘cha nomi qisqaroq bo‘lgan holatda, uy raqami bilan birga tasvirlanmoqda.

 

Ko‘cha nomi uzun, shuning uchun uy raqami alohida tablichkada tasvirlangan:

 

Tundagi ko‘rinish:

Studiya Pereyaslave-Xmelnitskom shahri ko‘chalari uchun tablichkalar dizayni va ularni o‘rnatishda foydalanish uchun umumiy yo‘riqnomani taqdim qilgan edi.
Yo‘riqnomada quyidagi punktlarni uchratish mumkin:

O‘rnatish uchun namunalar:

Telegram