Yaqinlik teoriyasi

Obyektlar orasidagi masofa ularni o‘zaro bog‘laydi yoki bir-biridan ajratadi. Yaqinlik teoriyasi dizayndagi eng muhim bo‘lgan teoriyalardan biri.

 

Hayotda

Quyidagi tasvirda erkak va ayol ikonkalarini ko‘rganda shunchaki erkak va ayol piktogrammalarini ko‘ramiz. Ular bir-biriga yaqin emas.

 

Manavi tasvirda esa, ular bir-biriga yaqin:

 

Keyingi misolda ham, kim kimga yaqinligini bilish qiyin. Chunki ular orasidagi masofa bir xil.

 

Yaqin tomonlarni o‘zaro bog‘lash uchun oradagi masofani kamaytiramiz.

 

Ana shu holatda davom etishimiz mumkin.

 

Matnda

Sarlavha har doim avvalgi matndan o‘zining matniga yaqin bo‘lishi kerak.

 

Kun.uz sayti maqolalari ichidagi kichik sarlavhalar (H2) va avvalgi sarlavha matni orasidagi masofa bir xil bo‘lganligi uchun chalkashlik kelib chiqqan. Matn guruhlanmagan.

 

Yaqinlik teoriyasiga amal qilmaslik dizaynda qo‘pol xatolar keltirib chiqaradi.

«Kruglosutochno» va «Texnicheskiy pererыv» so‘zlari bir-biriga yaqin bo‘lganligi uchun boshqacha ma’no kelib chiqmoqda.

 

Yana bir misol:

 

Interfeysda

Interfeysda ham o‘zaro bog‘liq qismlarni guruhlash juda muhim.

Lebazar.uz mobil ilovasida mahsulotning nomi va narxi uning fotosi va keyingi foto o‘rtasida turgani uchun nom va narx qaysi mahsulotga tegishli ekanligini bilish qiyin:

To‘g‘ri, nom va narx nisbatan o‘zining fotosiga yaqin, lekin bir ko‘rishda ajratib olish mushkul. Muammoni yechish uchun nom va narxni o‘zining fotosiga yaqinroq joylaymiz:

Aslida, bu yerda narxdan avval mahsulot nomi kelishi kerak edi. Chunki ma’lumot ketma-ketligida avval mahsulot nomi, keyin uning narxi ko‘rsatiladi.

Express 24 saytida taomni bepul yetkazib berish haqidagi ma’lumot aynan o‘sha kafe yoki restoran nomi va fotosidan ko‘ra uning o‘ng tomonidagi ob’ektga yaqin:

Tavsiya

Har doim mahsulot dizayni ustida ishlash jarayonida yaqinlik teoriyasi borligi va uni qo‘llash muhimligini yodingizda tuting

Telegram