Lorem ipsum dolor sit amet

Dizaynerlar ushbu post nima haqida ekanligini tushunishgan bo‘lsa kerak. Odatda, ko‘p dizaynerlar interfeysda haqiqiy matn o‘rniga Lorem ipsum generatorini ishlatishadi. Bu uslub professionallar uchun xos emas. Professional dizayner foydalanuvchi interfeysidagi har bir holat bilan birga, matnlarga ham alohida e’tiborli bo‘lishi kerak.

Elektron imzo saytidagi yo‘riqnomada lorem ipsum matni qolib ketgan:

Aftidan dizayner generatsiya qilgan matnni dasturchi haqiqiy matn deb tushungan va loyiha uchun javobgar odamlar yo‘riqnomani o‘qib, tushunishgan ko‘rinadi 😄

Keling, lorem ipsum (feyk matn) zararini oddiy misol bilan ko‘rib chiqamiz.


Chap tarafda generatsiya qilingan matn, o‘ng tarafda esa, mahsulotlarning haqiqiy nomlari

Zararlar

  • Turli mahsulotlarni tasvirlash uchun bir xil matn ishlatilmoqda
  • Dizayner interfeysda matn 2 va undan ko‘p qator bo‘lganda qanday tasvirlanishi haqida o‘ylamagan
  • Dizayner bu kabi holatlarni o‘ylamasa, dasturchilarda savollar kelib chiqadi va ular dizayner vazifasini bajarishni boshlashadi.
  • Interfeysda bir xil kombinatsiya takrorlanishi zerikarli

Tavsiya

Hech qachon generatsiya qilingan matndan foydalanmang. Mavzudan kelib chiqqan holda matn yozishni o‘rganing. Yaxshi dizayner yaxshi matn yoza olishi kerak.

Telegram