Fotografiyaga matn qo‘yish bo‘yicha 3 tavsiya

Turli saytlar va reklama bannerlarida fotoga matn joylash trendga aylangan. Bunday holatda, matn o‘qishga qulay bo‘lishi kerak. O‘znetdagi turli saytlardan yomon misollarni keltiraman va ularni yaxshilash yo‘llarini yozaman.

Gov.uz saytidagi fotogalereya matnini o‘qish qiyin:

 

Togri.uz saytida foto ustidagi matn va xabar matni aralashib ketgan:

 

Ofb.uz saytidagi fotoda matn o‘qilishi qiyin, ayniqsa, matnning bir qismi qahramonning sochi ustiga chiqib qolgani uchun ko‘rinmayapti:

 

Makro saytidagi fotoda uzun matn joylashgan va tipografika qoidalariga amal qilinmagan:

 

Uznews bannerlar fon (bekgraund) sifatida ishlatilgani uchun foto nima haqidaligini bilish mushkul (ayniqsa 3 bannerda):

 

Yana bir yomon misol:

 

Uzun matn ishlatish kerak bo‘lganda, fotodan fon sifatida foydalanmagan ma’qul. Chunki uzunroq matn o‘qish uchun qulay bo‘lishi, buning uchun fon bir xil rangda bo‘lishi kerak.

Murad Buildings saytida kompaniya haqidagi matn foto ustiga shunchaki joylanganiga o‘qish uchun ko‘p energiya talab qiladi:

 

Yagona portal saytida uzun matn foto ustida:

 

Fotografiyada odamlar bo‘lsa, matn yoki ob’ektni qayerga joylash haqida yaxshilab o‘ylab oling, aks holda manavi misoldagi kabi odamning yuzi to‘silib qoladi:

 

 

Tavsiyalar

1. Qoraga yaqin (dark) fotografiya ustiga och rangda matn yozish yoki uning aksi

Matn joylamoqchi bo‘lgan foto har doim qoraga yaqin (dark) bo‘lsin. Yoki uni qoraytirish kerak. Shunda unga oq rangda matn qo‘yganda o‘qishga qulay bo‘ladi.
Yaxshi misollar:

 

2. Matn maydoniga rang berish orqali fotodan ajratish

Fotografiyada faqat matn orqasiga rang berish orqali matnni o‘qishga qulay qilish mumkin. Bu usul har qanday rangdagi foto ustida matnni o‘qishga oson qiladi.

 

3. Fotoning matn yoziladigan maydoniga rang berish (gradiyent holatda)

Bu usuldan yangiliklar saytlarida ko‘p ishlatiladi. Meduza saytida fotoning matn joylangan qismiga gradiyent holatda rang berilgan:

 

Kun.uz saytida ham shu usul ishlatilgan:

Matnli fotolar har xil o‘lchamdagi ekranlarda qanday ko‘rinishi haqida unutmaslik kerak. Meduzaning desktop versiyasidagi ba’zi xabarlarda matn foto ustida, lekin mobil versiyasiyasida har doim matn alohida keladi. Sababi telefonda ekran kichikligi hisobiga matn to‘liq foto ustini egallab olishi mumkin.

Telegram