Material Dizayn matn maydoni

Material dizayn oxirgi versiyasida Google yana matn maydoni shaklini to‘g‘ri chiziqdan odatdagi shaklga o‘zgartirgan edi. 2014-yilgacha barcha Google mahsulotlarida matn kiritadigan maydon quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan:

 

2014-yilda Material Dizayn ishlab chiqilganidan so‘ng, uning yo‘riqnomasidagi matn maydoni mana bunday ko‘rinishga keldi:

 

2018-yilda Material Dizayn yangi versiyasida avvalgi formaga qaytilganini ko‘ramiz:

 

 

Yo‘riqnomada Google to‘g‘ri chiziq shakldagi matn maydonini ham qoldirganini, biroq unga kulrang fon qo‘shganini ko‘rishimiz mumkin. Yaqinda Google o‘zining veb mahsulotlarida yangi formani ishlatishni boshladi.

 

Menga yangi dizayn ma’qul. Avvalgi matn maydoni shaklini interfeysda ishlatganimda, interfeys o‘zini notabiiy tutgandek bo‘laverardi. Yangi dizaynning yana bir afzalligi, avvalgi formada matn maydoni nomi animatsiya bilan tepaga chiqib olar edi. Animatsiya yangi dizaynda ham ishlatilgan.

 

Matn maydoni tarixi Google Sign In formasida:

Telegram