Rang terminlari

Hue

Rangning bir rangdan boshqa rangga oʻzgarishi. Oddiy tilda aytganda, ranglar.

 

Saturation

Rangning toʻyimlilik miqdori. Saturation ortishi bilan rang yaqqol koʻrina boshlaydi. Kamayganda, och tusga kiradi.

 

Shade

Muayyan rangning qora bilan aralashuvidan hosil boʻlgan natija. Rang asl holatida qoladi, lekin qorayib boradi.

 

Tone

Rangga kulrang qoʻshilganda hosil boʻladigan rang. Xohlagan rangga kulrang qoʻshganimizda, yorqinlilik kamayib boradi.

 

Tint

Muayyan rangga oq rang qoʻshilganda hosil boʻladigan rang.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻqish:

Instagram

Facebook

Twitter

Telegram

 

Telegram