Daryo Tabriklari

Good Photon studiyasida Daryo nashri uchun Tabriklar loyihasi ustida ishlaganmiz. Baʻzi sabablarga koʻra, loyiha amalga oshmay qolgan.

Tabriklar — doʻstlaringiz yoki oila aʻzolaringizni tugʻilgan kun, toʻy va turli tantanalar bilan tabriklash imkonini beradi. Servisga kirib, kerakli andoza tanlab, tabrik matnini yozib, toʻlovni amalga oshirsangiz, tabrik saytda 24 soat davomida chiqib turadi.

 

Bosh sahifa. Bu sahifada servis haqida maʻlumot olish va tabrik joylash haqida maʻlumot beriladi.

 

Andozalar roʻyxatidan tantana yo tugʻulgan kun uchun mos andozani tanlash mumkin:

 

Tabrik joylash sahifasida tabrik kimga bagʻishlanishi, kim tomonidan ekanligi haqidagi maʻlumotlar toʻldiriladi. Ma’lumotlar toʻldirish jarayonida, oʻng tarafdagi bannerda kiritilgan maʻlumotlar “real time” holatda koʻrina boshlaydi:

 

Tabrik maʻlumotlari kiritilgach, buyurtma tugmasi bosiladi va foydalanuvchi telefon raqamini kiritib, SMS da kelgan kodni kiritishi kerak:

 

SMS kod kiritilgach, tabrik qabul qilingani haqida maʻlumot chiqadi:

 

 

Tabrik haqidagi maʻlumotlar Daryo xodimlari tomonidan tekshirib chiqilgach, foydalanuvchi telefon raqamiga SMS xabar keladi. Xabardagi havola orqali saytga kiriladi. Yoki saytdagi maʻlumotlar toʻlov haqidagi maʻlumot bilan yangilanadi:

 

Foydalanuvchi koʻrsatilgan USSD-soʻrov yordamida toʻlovni amalga oshirgach, toʻlov qabul qilinganligi haqida maʻlumot chiqadi:

Shundan keyin, belgilangan kunda Daryo foydalanuvchilari, saytda tabrikni koʻrishlari mumkin boʻladi.

Telegram